locale OZ

Shesni «Barselona» mashgʻulotlarida qiynalayotganini aytdi

Polshalik darvozabon «Arsenal»da oʻynab yurgan vaqtlari bilagidan jarohat olgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Shesni «Barselona» mashgʻulotlarida qiynalayotganini aytdi
FOTO: Getty Images

«Barselona» darvozaboni Voytsex Shesni faoliyatini tiklaganidan keyin mashg‘ulotlarda duch kelayotgan og‘riqlar haqida gapirdi. Uning muammolari 2008 yilda «Arsenal» safida o‘ynab yurgan paytda ikki bilagini sindirib olgani bilan bog‘liq.

«Mashg‘ulot paytida bir lahza keladiki, qo‘llarimda butunlay sezgi yo‘qoladi. Og‘riqdan hatto suv shishasini ham ushlay olmay qolaman. O‘sha paytda murabbiylar bilan “yana falaj bo‘ldim, demak, mashg‘ulot tugadi” deb hazillashamiz, lekin aslida bu azoblar meni charchatib bo‘ldi.

Oldindan tayyorgarlik davrida intensiv mashg‘ulotlar paytida vaziyat yanada og‘irlashadi. Mavsum davomida esa ancha yengilroq — ikki mashg‘ulot, keyin bir o‘yin, qo‘llar biroz dam oladi. Og‘riq bilakdan tirsakkacha tarqaladi», — deydi polshalik posbon.

Eslatib o‘tamiz, Shesni 2024 yil avgustida faoliyatini yakunlagan edi, biroq oktabr oyida «Barselona»ga qo‘shilib, futbolga qaytdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting