Sherzod Nasrullaev «Paxtakor» futbolchisiga aylandi
Futbolchi poytaxt klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
Фото: Пахтакор ПФК
Toshkentning “Paxtakor” jamoasi transfer mavsumidagi uchinchi kelishuvini amalga oshirdi.
Tajribali chap qanot himoyachisi Sherzod Nasrullaev “sherlar” safiga kelib qo‘shildi. Futbolchi poytaxt klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
U hozirga qadar Superligada 147 uchrashuvda maydonga tushib, 10 gol urgan va 25 golli uzatma muallifi bo‘lgan. Osiyo klublari xalqaro musobaqalarida esa 27 o‘yinda ishtirok etgan.
“Nasrullaevning "Paxtakor"dagi faoliyati yanada yorqin bo‘lishiga umid qilamiz”, - deyiladi klub xabarida.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist