locale OZ

Sherki — \"Manchester City\" futbolchisi (Romano)

Transfermarkt portali fransiyalik futbolchini 45 million yevroga baholamoqda
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sherki — "Manchester City" futbolchisi (Romano)
Photo: Getty Images

“Lion” va Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Rayan Sherki “Manchester City” futbolchisiga aylandi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.

Qayd etilishicha, klublar transfer shartlarini to‘liq kelishib olgan. “Lion” futbolchining transferidan 35 million yevro hamda qo‘shimcha bonuslar oladi.

O‘tgan mavsumda 21 yoshli hujumkor yarim himoyachi barcha musobaqalarda 44 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol urdi va 20 ta assist muallifi bo‘ldi.

Transfermarkt portali fransiyalik futbolchini 45 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting