Saudiyaliklar Robert Levandovskiga katta maoshli superkontratk taklif qilmoqchi
Biroq «Barselona» polshalik forvardni jamoada saqlab qolmoqchi.
FOTO: Getty Images
Saudiya Arabistonining Suveren investitsiya jamg‘armasi (Public Investment Fund, PIF) — «Al Hilol», «An Nasr», «Al Ahli» va «Al Ittihod» klublari egasi — kelasi yozda «Barselona» hujumchisi Robert Levandovskiyni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchiga katta maoshli superkontrakt taklif qilinishi kutilmoqda. Shunga qaramay, «Barselona» polshalik forvardni jamoada saqlab qolmoqchi.
Levandovskiyning klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil iyun oyida yakunlanadi.
Joriy mavsumda Levandovski barcha musobaqalar doirasida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist