Saudiya klubi “Real” himoyachisiga ikki yillik shartnoma taklif qildi
FOТО: Alterphotos
Madridning “Real” klubi himoyachisi Lukas Vaskes joriy mavsum oxirida erkin agentga aylanadi.
Futbolchiga hozirda Saudiya Arabistonidan bir qator foydali takliflar bo'lmoqda. Hozirda unga eng ko'p qiziqish bildirayotgan jamoa “Al-Qodisiya” bo'lib turibdi.
Xabarlarga ko'ra, Vaskesga ikki yillik shartnoma taklif qilinmoqda. Agar kelishuv amalga oshsa, ispaniyalik futbolchi har bir mavsum uchun 15 million yevrodan ko'proq maosh olishi mumkin.
Ma'lumot uchun, Vaskes joriy mavsum klub safida jami 39 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 3,5 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist