Saudiya Arabistonida eng yaxshilar aniqlandi. Benzema eng yaxshi, Ronaldu to‘purarlikda oldinda
Ronaldu mavsumning eng yaxshi futbolchisi emas
Photo: Getty Images
Saudiya chempionatida mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi e’lon qilindi.
Mamlakat chempioni “Al Ittihod” jamoasining hujumchisi Karim Benzema ushbu mukofotga loyiq deb topildi. Fransiyalik futbolchi joriy mavsumda 21 ta gol va 9 ta assist qayd etishga erishdi. Klub bosh murabbiyi, hamyurti Loran Blan esa eng yaxshi murabbiy deb e’tirof etildi.
Ronaldu ligada 25 ta gol urib, to‘purarlar poygasida zafar quchdi. U “Al-Ahli” hujumchisi Ivan Tounini ikki to‘p farqi bilan ortda qoldirdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist