Sanjar Quvvatov «Qizilqum»ni tark etdi
Superliga-2025 mavsumida u 28 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Фото: Қизилқум ПФК
"Qizilqum" darvozaboni Sanjar Quvvatov 2026 yilni boshqa jamoada davom ettiradi.
Sports24.uz ma'lumotlariga ko‘ra, Quvvatov Navoiy klubini tark etgan. Tomonlar kelishuv muddatini uzaytirmaslikka qaror qilgan.
Endilikda 35 yoshli darvozabon faoliyatini Toshkent yoki voha jamoasida davom ettirishi mumkin. Sanjar tez orada bu borada bir qarorga keladi.
Superliga-2025 mavsumida u 28 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist