locale OZ

Sanches «Inter»ning diqqat markazida

Uning “Galatasaray” bilan shartnomasi 2029 yil iyunigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Sanches «Inter»ning diqqat markazida
ФОТО: Getty images

“Galatasaray” markaziy himoyachisi Davinson Sanches “Inter”ga o'tishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, milanliklar kolumbiyalik futbolchini “Chelsi” himoyachisi Trevo Chalobaga muqobil variant sifatida ko'rmoqda. Ayni paytda Sanchesning “neradzurri”ga ko'chib o'tish ehtimoli Chalobening transferidan yuqoriroq ekani ta'kidlangan.

Shu bilan birga, “Inter” himoya chizig'ini kuchaytirish uchun boshqa nomzodlarni ham o'rganmoqda.

2025/2026 yilgi mavsumda 30 yoshli Sanches barcha musobaqalarda 45 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Uning “Galatasaray” bilan shartnomasi 2029 yil iyunigacha amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 16 million yevroni tashkil etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting