locale OZ

Saloh Misr terma jamoasining JCH tarixidagi eng yoshi katta gol muallifiga aylandi

Muhammad Magdi Abdulғaniyning rekordini yangiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saloh Misr terma jamoasining JCH tarixidagi eng yoshi katta gol muallifiga aylandi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
26.06.2026, Yak.
Misr
1
Eron
1

Misr terma jamoasining 34 yoshli hujumchisi Muhammad Saloh jahon chempionatlari tarixida milliy jamoa safida gol urgan eng yoshi katta futbolchiga aylandi, deb xabar beradi Opta.

2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichi 2-turining Yangi Zelandiya terma jamoasiga qarshi o‘yinida (3:1) hujumchi 34 yosh-u 7 kunligida, 67-daqiqada gol urib, misrliklarni oldinga olib chiqdi.

"Liverpul"ning sobiq futbolchisi 1990 yilda Niderlandiya terma jamoasi darvozasiga 31 yoshga to‘lishidan sal oldin (30 yosh-u 320 kun) gol kiritgan Magdi Abdulғaniyning rekordini yangiladi.

Jahon chempionati guruh bosqichining ikki turidan so‘ng Misr terma jamoasi to‘rt ochko jamg‘arib, G guruhini boshqarib turibdi. Terma jamoaning navbatdagi uchrashuvi 27 iyun kuni Eronga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting