locale OZ

JCH—2026: Misr va Eron o'rtasidagi bahsda durang qayd etildi

Saloh jamoasi keyingi bosqichga chiqdi.
JCH—2026: Misr va Eron o'rtasidagi bahsda durang qayd etildi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
26.06.2026, Yak.
Misr
1
Eron
1

AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida davom etayotgan JCH-2026 musobaqasining G guruhida hal qiluvchi 3-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

Unda Misr va Eron o'rtasidagi bahsda jangovar durang qayd etildi. Uchrashuvning 5-daqiqasidayoq Mahmud Saber afrikaliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo'lsa, 14-daqiqada Ramin Rizoian muvozanatni tiklashga muvaffaq bo'ldi. O'yinning hakam tomonidan qo'shib berilgan 90+3-daqiqasida Shoja Halilzoda eronliklarning g'alaba golini kiritdi, biroq ushbu holatda ofsayd qayd etilgani sababli gol bekor qilindi va uchrashuvda durang saqlanib qoldi.

Bu natijadan so'ng Misr keyingi bosqichga chiqdi. Eron esa eng yaxshi 3-o'rin sohiblari orasida keyingi bosqichga chiqish imkoniyatiga ega.

Misr — Eron 1:1
Gollar:
1:0 — Mahmud Saber (5), 1:1 — Ramin Rizoian (14).

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting