locale OZ

Saliba «Arsenal» bilan yangi shartnoma imzoladi

Shartnoma 5 yil muddatga tuzilgan va 2030 yilgacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Saliba "Arsenal" bilan yangi shartnoma imzoladi
Фото: Арсенал ФК

"Arsenal" klubi fransiyalik himoyachisi Uilyam Saliba bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda klubning rasmiy sahifasida ma'lum qilindi.

Unga ko'ra, shartnoma 5 yil muddatga tuzilgan va 2030 yilgacha amal qiladi.

"O'zimdan faxrlanaman, chunki men birinchi marta 2019 yilda shartnoma imzolagandim va hozir ham shartnomamni uzaytirish uchun shu yerdaman.

O'zimni uyimdagidek his qilaman. Bu yer eng yaxshi joy va men bu libosni kiyish imkoniga ega bo'lgan har bir kunimdan zavqlanaman", - degan Saliba.

Ma'lumot uchun, oldinroq ushbu futbolchining xizmatlariga Madridning "Real" klubidan qiziqishlar bo'layotgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting