locale OZ

Ryudiger faoliyatini Saudiyada davom ettirishni rejalashtirmoqda

Himoyachining «Real» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ryudiger faoliyatini Saudiyada davom ettirishni rejalashtirmoqda
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi himoyachisi Antonio Ryudiger amaldagi shartnomasi yakunlangach, faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirish niyatida. Futbolchi 2026 yil yozida bitimi tugaganidan so‘ng jamoani erkin agent sifatida tark etishi mumkin. Bu haqda ESPN xabar berdi.

Avvalroq Ryudigerga Fransiyaning «PSJ» klubi qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. Parijliklar nemis futbolchisi bilan muzokaralarda faol ishtirok etmoqda va unga manfaatli shartlarni taklif qilishga tayyor.

«PSJ» rahbariyati jamoaga tajribali yetakchi zarur deb hisoblamoqda va bu rolga aynan Ryudigerni munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda.

2025/2026 yilgi mavsumda Antonio Ryudiger «Real» safida barcha musobaqalarda yettita uchrashuvda maydonga tushdi, biroq hali gol yoki assist qayd eta olmadi. Futbolchining madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Ryudigarning taxminiy bozor qiymati 12 mln yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting