Ryudiger faoliyatini «Real»da davom ettirmoqchi
Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi shartnoma joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi.
FOTO: Getty Images
Madridning «Real» klubi markaziy himoyachisi Antonio Ryudiger faoliyatini «qaymoqranglilar» safida davom ettirmoqchi. Bu haqda jurnalist Xorxe Pikon oʻzining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmogʻida xabar berdi.
Manbaga koʻra, germaniyalik futbolchi agar «Real» shartnomani uzaytirishni taklif qilsa, bu variantni albatta koʻrib chiqishga tayyor. Tomonlar oʻrtasida tuzilgan amaldagi kelishuv 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.
Maʼlumot uchun, Ryudiger hozirda jarohati sabab uzoq muddatga safdan chiqqan. Qayd etilishicha, himoyachi joriy yil oxirigacha to'liq tiklanishni maqsad qilgan.
Eslatib oʻtamiz, Ryudiger 2022 yildan buyon «Real» safida toʻp surmoqda. Uning Transfermarkt'dagi narxi 15 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist