locale OZ

Runi: \"Reshford “Manchester Yunayted”ga qaytadi\"

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Runi: “Reshford “Manchester Yunayted”ga qaytadi
FOTO: Getty Images

“Manchester Yunayted”ning afsonaviy sobiq futbolchisi Ueyn Runi hozirda ijara asosida “Aston Villa”da o'ynayotgan Markus Reshford haqida gapirdi.

Sobiq hujumchi Reshford mavsum oxirida Manchesterga qaytishiga umid qilmoqda.

“Reshfordning “Manchester Yunayted”ga qaytishni istayotganiga shubham yo'q. Men bunga 100 foiz aminman. U bu klubni qo'llab-quvvatlaydi.

To'g'ri, oxirgi bir yarim yil u uchun og'ir bo'ldi, unga asosiy tarkibda barqaror o'yin kerak”, - deydi Runi.

Eslatib o'tamiz, Markus Reshford 2015-yilda rasman “Manchester Yunayted”ga o'tgandi. O'tgan qishki transferlar vaqtida forvard ijara asosida “Aston Villa”ga o'tdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting