locale OZ

Rüdigerning «Real»dagi kelajagi ma’lum

Germaniyalik futbolchining “qirolicha klubi” bilan o‘rtasidagi kelishuv 2026 yil yozigacha amal qiladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rüdigerning “Real”dagi kelajagi ma’lum
ФОТО: Getty images

“Real” klubi himoyachisi Antonio Rüdiger mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda Germaniyaning Bild nashri xabar berdi.

Germaniyalik futbolchining “qirolicha klubi” bilan o‘rtasidagi kelishuv 2026 yil yozigacha amal qiladi.

Biroq, “Real” rahbariyati futbolchi bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmayapti.

Shuningdek, klub bosh murabbiyi Xabi Alonso Rüdigerning o‘yinida barqarorlik yetishmasligidan tashvishga tushgan.

Ispaniyalik mutaxassis klub rahbariyatiga himoya chizig‘ida Éder Militão va Dean Huijsen juftligiga ishonch bildirishini aytgan.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Rüdiger jarohat sabab atigi bitta o‘yinda maydonga tushgan. Futbolchi katta ehtimol bilan dekabr oyida safga qaytishi kutilmoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting