Ruben Amorim muhlislar qarshisida ta'sirli nutq so'zladi
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Ruben Amorim APL so'nggi turi doirasida “Old Trafford”da “Aston Villa” ustidan 2:0 hisobida qozonilgan g'alabadan so'ng, muhlislar qarshisida nutq so'zladi:

"Avvalo, bu mavsum uchun uzr so'rayman. Men ham butun jamoa kabi xafa bo'ldim. Sizga rahmat aytmoqchiman. Mavsum davomida qo'llab-quvvatlaganingiz uchun juda minnatdormiz.
Bilaman, bu juda qiyin edi, lekin endi biz tanlov qilishimiz kerak. Biz o'tmishda qolib ketishimiz mumkin - bu mavsum allaqachon o'tmishda - yoki biz birgalashib, oldinga intilamiz.
Olti oy oldin, dastlabki uchta o'yindan keyin - ikkita g'alaba va durangdan so'ng, men bo'ron yaqinlashayotganini aytdim. Bugun, ushbu halokatli mavsumdan so'ng, men sizga aytmoqchiman: yaxshi kunlar keladi.
Agar dunyoda har qanday vaziyatdan, har qanday falokatdan omon qolishini isbotlagan klub bo'lsa, bu bizning klub - "Manchester Yunayted".
Endi futbolchilarimdan uzr so'ramoqchiman. Ba'zida men adolatsiz bo'ldim, lekin men siz bilan doimo adolatli bo'lishga harakat qildim.
Katta rahmat. Keyingi mavsumgacha."