locale OZ

Ronaldu maydonda yolg'iz qoldi va mag'lubiyatdan keyin o'z-o'ziga gapira boshladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ronaldu maydonda yolg'iz qoldi va mag'lubiyatdan keyin o'z-o'ziga gapira boshladi
Ronaldu maydonda yolg'iz qoldi va mag'lubiyatdan keyin o'z-o'ziga gapira boshladi

"Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasi Osiyo Chempionlar ligasi yarim finalida Yaponiyaning "Kawasaki Frontale" klubidan 2:3 hisobida mag'lub bo'lganidan so'ng, juda ehtirosli holatda qoldi.

O'yin tugagach, portugaliyalik yulduz maydon markazida yolg'iz o'zi qoldi. U qo'llarini yoyib, yelkalarini qisdi, osmongga qarab nimadir deb gapirdi va o'z-o'ziga murojaat qilardi — bu holatda u mag'lubiyatdan qattiq ranjigani ko'rinib turardi.

Joriy mavsumda Ronaldu barcha musobaqalarda 38 ta o'yinda ishtirok etdi, 33 ta gol urdi va 4 ta golli pas berdi. Uning "Al-Nasr" bilan shartnomasi 2025 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, 39 yoshli futbolchining bozor bahosi 12 million yevroga teng.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting