locale OZ

Ronaldu hayotidagi eng muhim klubga qaytish arafasida

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Afsonaviy hujumchi Krishtianu Ronaldu o‘z faoliyatida muhim o‘rin tutgan Portugaliyaning “Sporting” klubiga qaytish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Uning asosiy maqsadi — 2026 yili AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish. Bu musobaqa Ronaldu uchun faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishi mumkin.

Saudiya Arabistonida “Al-Nasr” jamoasining Osiyo chempionlar ligasidagi omadsiz natijalaridan so‘ng, Krishtianuning kelajagi yana kun tartibiga chiqdi. Turli manbalarga ko‘ra, 40 yoshli forvard o‘zining ilk professional klubi — “Sporting” safiga qaytishi mumkin.

Uning “Al-Nasr” bilan amaldagi shartnomasi 2025 yil yozigacha mo‘ljallangan, biroq tomonlar uni muddatidan oldin bekor qilish haqida kelishib olishi ehtimoli bor.

Krishtianu uchun asosiy ustuvor yo‘nalish — 2026 yildagi jahon chempionatiga maksimal jismoniy va sport formasi bilan yetib borish. Ushbu musobaqa Portugaliya terma jamoasi sardori uchun so‘nggi yirik xalqaro turnirga aylanishi mumkin.

“Sporting”ga qaytish esa, “Joze Alvalade” stadionida 20 yildan ortiq vaqt avval boshlangan buyuk kareraga ramziy yakun bo‘lishi mumkin.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting