Ronaldu faoliyatida 33-marta penaltidan foydalana olmadi
Uning gollari soni 935-ga yetdi
Photo: Getty Images
“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Al-Xalij”ga (2:0) qarshi o‘yinda ikki penaltidan foydalana olmadi.
Portugaliyalik futbolchi uchrashuvning 66-daqiqasida birinchi penaltini aniq amalga oshira olmadi. Biroq, 90+7-daqiqada 40 yoshli hujumchi ikkinchi bor belgilangan penaltini golga aylantirib, faoliyatidagi 935-golini urdi.
Bugungi kungacha Ronaldu faoliyati davomida 208 ta penaltini tepgan. Ulardan 175 tasini aniq amalga oshirgan, 33 urinish esa muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist