Ronaldu «An-Nasr» rahbariyatidan «Barselona» hujumchisi transferini talab qildi
“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini Saudiya Arabistoni chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 35 yoshli polyak futbolchiga Riyodning “An-Nasr” klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Levandovskining transferini Saudiya jamoasining sardori Krishtianu Ronaldu shaxsan o‘zi xohlamoqda.
O‘z navbatida, “Barselona” rahbariyati hujumchi bilan yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmayapti.
Mazkur transfer 2026 yil yozida amalga oshishi mumkinligi aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Levandovski 2022 yilning yozida Kataloniya klubi safiga qo‘shilgan edi. Uning “Barselona” bilan shartnomasi 2026 yil yozigacha amal qiladi. Hujumchi joriy mavsum jami 9 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol yozdirib qo‘ygan.