Ronaldu «Al-Nasr»ning chempionlik orzusi chippa bo‘lgandan so‘ng muxlislarga minnatdorchilik bildirdi
30 aprel kuni Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» jamoasi Elite toifasidagi Osiyo Chempionlar Ligasi yarim finalida Yaponiyaning «Kawasaki Frontale» klubiga mag‘lub bo‘ldi va musobaqadan chiqib ketdi. Ushbu o‘yindan so‘ng jamoa sardori Krishtianu Ronaldu barcha muxlislarga minnatdorchilik izhor etdi.
Portugaliyalik yulduz o‘zining rasmiy ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida shunday yozdi:
«Ba’zan orzular kutishga majbur bo‘ladi. Men jamoamiz va maydonda ko‘rsatgan barcha kuch-g‘ayratimizdan faxrlanaman. Bizga ishongan va har qadamda qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga rahmat. Sizlarning yordamingiz biz uchun hamma narsadan muhimdir.»
Eslatib o‘tamiz, musobaqa finalida «Al-Ahli» va «Kawasaki Frontale» jamoalari to‘qnash keladi. Bellashuv 3 may kuni soat 21:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.