locale OZ

Ronaldu «Al-Nasr» g‘alabasidan so‘ng post qoldirdi

Ikki turdan so‘ng «Al-Nasr» va «Neftchi» hisobida 3 ochkodan mavjud.
Ronaldu «Al-Nasr» g‘alabasidan so‘ng post qoldirdi
Фото: Getty Images

Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu OFK Chempionlar ligasi guruh bosqichi 2-turidagi g‘alabadan so‘ng ijtimoiy tarmoqda post qoldirdi.

O‘z maydonida O‘zbekistonning «Neftchi» klubini qabul qilgan «Al-Nasr» 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda Ronaldu ham bitta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ushbu gol 41 yoshli portugaliyalik futbolchi faoliyatidagi 981-gol bo‘ldi.

«Bu muhim g‘alaba bo‘ldi. Jamoamiz rivojlanishda davom etmoqda», — deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ikki turdan so‘ng «Al-Nasr» va «Neftchi» hisobida 3 ochkodan mavjud.

Keyingi turda, 26 oktabr kuni, «Al-Nasr» o‘z maydonida BAAning «Al-Vasl» klubini qabul qiladi. «Neftchi» esa shu kuni Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» jamoasiga qarshi o‘z maydonida bahs olib boradi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting