Ronald Koeman: «Tanqidlarga parvo qilmayman»
Ronald Koeman 2026 yilgi jahon chempionatidan chiqib ketganidan so‘ng Niderlandiya manziliga yangrayotgan tanqidlarga munosabat bildirdi.
Mutaxassis jamoaning taktik tanlovlari atrofidagi muhokamalarga izoh berib, tashqi tanqidlarga e’tibor qaratmasligini ta’kidladi.
«Butun Niderlandiya biz besh nafar himoyachi bilan o‘ynashimiz kerakligini aytardi. Biz besh himoyachi bilan o‘ynadik — baribir tanqid qilishdi. Yana bir bor aytaman: tanqidlarga parvo qilmayman», — dedi Koeman flesh-intervyuda.
Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya terma jamoasi JCh-2026 bilan 1/16 final bosqichida xayrlashdi. Jamoa Marokashga qarshi asosiy va qo‘shimcha vaqtda 1:1 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, penaltilar seriyasida 3:4 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.