locale OZ

JCH-2026. Marokash Niderlandiyani penaltilar seriyasida mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'l oldi

Endi afrikaliklar 1/8 final bosqichida Kanada bilan o'ynaydi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
JCH-2026. Marokash Niderlandiyani penaltilar seriyasida mag'lub etib, keyingi bosqichga yo'l oldi
ФОТО: Getty images
Jahon chempionati (JCH-2026)
29.06.2026, Yak.
Niderlandiya
1
Marokash
1

Marokash 2026 yilgi jahon chempionati 1/16 finalida Niderlandiyani penaltilar seriyasida mag'lub etib, musobaqaning keyingi bosqichiga yo'l oldi.

Uchrashuv Monterrey shahrida bo'lib o'tdi. Asosiy va qo'shimcha vaqt 1:1 hisobida yakunlandi.

Niderlandiya terma jamoasi safida Kodi Gakpo 72-daqiqada hisobni ochgan bo'lsa, Marokash nomidan Issa Diop 90+1-daqiqada muvozanatni tikladi.

Penaltilar seriyasida esa Marokash futbolchilari aniqroq harakat qildi va 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

Shu tariqa, Marokash terma jamoasi 1/8 finalda Kanadaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 4-iyul kuni Houston shahrida bo'lib o'tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting