«Roma» “Inter» bilan Luis Enrike transferi bo‘yicha kelishib oldi
“Roma” “Inter” yarim himoyachisi Luis Enrike transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marzioning sayti xabar berdi.
Rim klubi futbolchini o‘ng qanot himoyachisi va “o‘nlik” pozitsiyalarini kuchaytirish maqsadida tarkibga qo‘shmoqchi. Ushbu pozitsiyalarni kuchaytirishni “Roma” bosh murabbiyi Jan Piero Gasperini so‘ragan.
Manbaga ko‘ra, “Roma” 24 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 30 million yevro to‘laydi. Endi rimliklar futbolchining transferga roziligini olishi kerak.
Transfermarkt portali Enrikeninng bozor qiymatini 22 million yevroga baholamoqda.
O‘tgan mavsumda futbolchi barcha turnirlarda 43 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatma qayd etdi. Enrike avval Fransiyaning “Marsel” klubida ham to‘p tepgandi.