Rodrigoning agenti Angliyaga uchib keldi
Фото: Getty Images
“Real” hujumchisi Rodrigo agenti Pini Zahavi Angliyaga yetib keldi. Bu haqda Caughtoffside nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchining agenti “Arsenal” va “Liverpul” rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirgan. Ushbu uchrashuv davomida futbolchining ehtimoliy transferi muhokama qilinadi.
Ispaniya chempionatining yangi mavsumidagi ilk o‘yinda 24 yoshli futbolchi zaxirada qoldirildi. Bu holat ortidan futbolchining ketishi haqidagi mish-mishlar yanada kuchaydi.
Rodrigo o‘tgan mavsum “Real” safida jami 54 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 14 ta gol va 11 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist