locale OZ

Rodrigo yangi kelgan futbolchi sabab “Real”ni tark etishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rodrigo yangi kelgan futbolchi sabab “Real”ni tark etishi mumkin
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigo yozgi transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda Todofichajes nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “qaymoqranglilar” argentinalik yarim himoyachisi Franko Mastantuononi sotib olganidan so'ng Rodrigoning klubda qolish imkoniyatlari yomonlashgan.

Hujum chizig'idagi katta raqobat tufayli 24 yoshli vinger yozda jamoani tark etish haqida o'ylamoqda.

Ma'lumot uchun, Rodrigoning “Real” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uning Transfermarkt'dagi narxi 90 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting