locale OZ

Rodrigo «Liverpul»ga o'tishga rozilik berdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rodrigo "Liverpul"ga o'tishga rozilik berdi
Photo: Getty Images

“Liverpul” klubi “Real”da to'p surayotgan braziliyalik hujumchi Rodrigo Goes bilan shaxsiy shartnoma shartlarini muhokama qilish maqsadida muzokaralar olib bordi.

ESPN xabariga ko'ra, 24 yoshli futbolchi mersisaydliklarning taklifini qabul qilgan.

O'z navbatida, “qirolic klub” hujumchini sotishga qarshi emas. Sababi — Rodrigo klub bosh murabbiyi Xabi Alonsoning yangi mavsum rejalari orasida yo'q. Shu sababli madridliklar uni 90 million yevro atrofidagi narxda qo'yib yuborishga tayyor.

Ma'lumot uchun, o'tgan mavsum Rodrigo “Real” safida jami 54 uchrashuvda ishtirok etib, 14 ta gol hamda 11 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yil yozigacha amal qiladi. Transfermarkt portali braziliyalik futbolchining qiymatini 90 million yevroga baholamoqda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting