Rodrigo faoliyatini Premyer-ligada davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images
Londonning “Chelsi” klubi “Real” hujumchisi Rodrigoning atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda va yozgi transferlar vaqtida o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda Goal nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “aristokratlar” “Real” bilan hali rasmiy muzokaralarni boshlamagan, biroq 24 yoshli futbolchining vakillari bilan aloqa o'rnatgan.
Ma'lumot uchun, Rodrigo joriy mavsum barcha turnirlarda 50 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 100 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist