Rodri «Real» bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rodri Madridning "Real" klubi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto X ijtimoiy tarmog'ida xabar berdi.
Manbaga ko'ra, 2026 yilgi jahon chempioni hozirda "Real" va "Manchester Siti" klublari o'rtasida transfer bo'yicha kelishuvga erishilishini kutmoqda.
Avvalroq OAV Rodri "Manchester Siti" rahbariyatiga faoliyatini "Qirolicha klubi"da davom ettirish istagini bildirgani haqida xabar tarqatgan edi.
O'tgan mavsumda ispaniyalik yarim himoyachi barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol urdi.
Rodrining "Manchester Siti" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, uning bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.