Rodri «Manchester Siti»ning yangi taklifini rad etdi — Skira
«Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri klubning shartnomani uzaytirish bo‘yicha taklifini rad etdi va Madridning «Real» klubi bilan shaxsiy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqida jurnalist Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
«Rodri va «Real» o‘rtasida 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma bo‘yicha prinsipial kelishuvga erishildi. Endi Madrid klubi uni «Manchester Siti»dan sotib olish uchun rasmiy muzokaralarni boshlashga tayyor.
«Manchester Siti» esa futbolchini jamoada saqlab qolishni istagan va unga yangi shartnoma taklif qilgan, ammo Rodri bu taklifni rad etgan», — deb yozdi Skira.
30 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi 2025/26 yilgi Angliya Premer-ligasi mavsumida 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.