locale OZ

Rodri: «Barselona — buyuk klub»

«Barselona»ga yangi kelib qo‘shilgan Rodri nima sababdan Kataloniya klubini tanlaganini aytdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rodri: «Barselona — buyuk klub»
photo: Barcelona FC

«Barselona»ga yangi kelib qo‘shilgan Rodri nima sababdan Kataloniya klubini tanlaganini aytdi.

«Bu yerda ekanligimdan juda xursandman. O‘zgacha kun va faoliyatimda muhim yangi sahifa. Bu qiyin qaror edi. Menga hamma narsa bergan va doimo minnatdor bo‘ladigan klub – «Manchester Siti»ni tark etdim. O‘tish jarayonini yengillashtirganingiz uchun barchangizga minnatdorchilik bildiraman. «Barselona»ga kelsak, men uchun doimo jahon miqyosidagi namuna bo‘lib kelgan. Menda boshqa variant ham bor edi.

Ammo «Barselona» men uchun doim birinchi tanlov bo‘lib kelgan. Bu — buyuk klub. Uning falsafasi tufayli «Barselona» men uchun har doim o‘ziga xos namuna bo‘lgan», — deya Rodrining so‘zlarini keltiradi The Touchline.

Ma’lumot uchun, Rodri Kataloniya klubi bilan 2030 yilning yoziga qadar bitim imzoladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting