Robert Lewandowski \"Barselona\"dan ketishi va Messiga qarshi o‘ynashi mumkin
Polsha terma jamoasi va "Barselona" hujumchisi Robert Lewandowski klubni tark etib, AQShga yo‘l olishi mumkin. 36 yoshli futbolchi uchun Amerika MLS ligasida faoliyatini davom ettirish imkoni paydo bo'lgan.
Ispaniyaning Todofichajes xabar berishicha, Lewandowskiga "Los-Anjeles Gelaksi" klubi jiddiy qiziqish bildirgan. Kataloniya klubi bilan tuzilgan shartnoma 2026 yilning o‘rtalarigacha amal qiladi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko‘ra, 36 yoshli to‘purarning transfer bahosi 15 million yevroga teng.
Joriy mavsumda Robert Lewandowski La Liga doirasida "Barselona" tarkibida 30 ta o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol urdi (ulardan 3 tasi penaltidan) va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Lewandowski 2022 yildan buyon "Barselona" sharafini himoya qilmoqda.