locale OZ

Robert Levandovski professional faoliyatidagi 700-golini urdi

Terma jamoa safida 86 marotaba gol urgani qayd etilgan.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Robert Levandovski professional faoliyatidagi 700-golini urdi
ФОТО: Getty images

“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski La Liganing 7-turidan o‘rin olgan “Real Sosyedad”ga qarshi o‘yinda kataloniyaliklarning ikkinchi golini kiritdi.

Natijada, polyak futbolchi uchun bu professional faoliyatidagi 700-gol bo‘ldi.

Futbolchi faoliyati davomida “Lex”, Dortmundning “Borussiya”si, “Bavariya” va boshqa klublar safida to‘p surgan. Klub darajasida hozirgacha Robert 830 ta o‘yin o‘tkazib, 614 ta gol urgan va 155 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Polsha terma jamoasi safida esa hujumchi 160 ta o‘yinda maydonga tushib, 86 ta gol va 36 ta samarali uzatma qayd etgan.

Kataloniyaliklar safida Levandovski 2022-yildan buyon to‘p surmoqda. Klub tarkibida 154 ta o‘yinda 105 ta gol urgan va 20 ta golli uzatma bergan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting