locale OZ

Robert Levandovski: Lamin Yamal “Oltin to'p”ni yutishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

“Barselona” klubi va Polsha terma jamoasi hujumchisi Robert Levandovski jamoadoshi Lamin Yamalning kelajagi haqida fikr bildirdi. Uning taʼkidlashicha, yosh hujumkor futbolchi kelajakda “Oltin to'p” sohibiga aylanishi mumkin.

2024/2025 yilgi mavsumda Yamal barcha musobaqalarda jami 55 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol va 25 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

“Albatta, unda bunday imkoniyat bor. Lekin hammasi joriy yilda ‘Oltin to'p’ni topshirish tartibiga bog‘liq. Bu qoidalar doim o‘zgarib turadi”, — dedi Levandovski ispan nashri Mundo Deportivo’ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, yakunlangan mavsumda “Barselona” La Ligada chempionlikni qo‘lga kiritdi. Chempionlar ligasida esa jamoa yarim finalgacha yetdi va u yerda “Inter”ga mag‘lub bo‘ldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting