locale OZ

Robert Levandovski Chempionlar Ligasida hali hech kim qila olmagan ishni qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Robert Levandovski Chempionlar Ligasida hali hech kim qila olmagan ishni qildi
FOTO: Getty Images

Kataloniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Robert Levandovski UEFA Chempionlar Ligasi chorak finalining dastlabki o'yinida “Borussiya D” darvozasiga ikkita to'p kiritdi.

Bu orqali 36 yoshli polshalik futbolchi yevrokuboklarning asosiy turnirida hech kim erisha olmagan o'ziga xos rekord o'rnatdi. Bu haqda Opta Sport xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Levandovski Chempionlar Ligasi tarixida uch xil jamoa: “Borussiya D”, “Bavariya” va “Bavariya” safida bir mavsumda 10 dan ortiq gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.

Ma'lumot uchun, Levandovski Chempionlar Ligasida jami 105 ta gol urgan. U turnir tarixida Krishtianu Ronaldu (140) va Lionel Messidan (129) keyingi eng yaxshi to'purar hisoblanadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting