locale OZ

Rikelme Kloppni «Real»ga olib keladi – Romano

Bu klubdagi prezidentlik saylovlariga bog‘liq.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Riquelme Kloppni «Real»ga olib keladi – Romano
ФОТО: Getty images

«Real» prezidentligiga nomzod Enrike Rikelme bosh murabbiy sifatida Jurgen Kloppni tayinlamoqchi, deb xabar berdi insayder Fabrizio Romano.

«Enrike Rikelme tez orada o‘zi ko‘rishni istagan yangi murabbiy nomini e’lon qiladi... Va yana, manbalar menga aytishicha, bu Jurgen Klopp bo‘lishi kerak.

Florentino Perezning nomzodi – Jose Mourinyo, bu allaqachon rasmiy tasdiqlangan. Sohadagi manbalar Jurgen Kloppni Enrique Riquelme taklif qiladigan ehtimoliy nomzod sifatida tilga olishmoqda, ammo u o‘zining strategiyasi va nomlari haqida muxlislarga o‘zi aytib beradi, shuning uchun kutamiz», – dedi Romano o‘zining Youtube-kanalida.

Avvalroq, Madridning «Real» klubi 7-iyun, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari sanasini e’lon qilgandi. Saylovlarda ikki nomzod – amaldagi prezident Florentino Perez va ispaniyalik tadbirkor Enriqke Rikelme ishtirok etadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting