Reshfordni irqiy jihatdan kamsitgan muxlis 4 ming yevro jarimaga tortilishi mumkin
Ushbu holat La Liganing 6-turida sodir boʻlgan.
FOTO: Getty Images
Ispaniyaning zo‘ravonlik, irqchilik va toqatsizlikka qarshi kurash bo‘yicha davlat komissiyasi «Barselona» hujumchisi Markus Reshfordni irqiy asosda haqorat qilgan muxlisga 4 ming yevro miqdorida jarima solishi mumkin. Bu haqda Cadena Ser nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu holat La Liga 6-turidan o‘rin olgan «Barselona» va «Oviedo» (1:3) uchrashuvi vaqtida sodir bo‘lgan.
Reshford o‘tgan yozda «Manchester Yunayted»dan «Barselona»ga ijaraga asosida o‘tgan edi. Angliyalik futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 13ta o‘yinda maydonga tushib, 5ta gol urdi va 7ta golli uzatma berdi. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 40 million yevroni tashkil etadi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist