Reshford qishda «Barselona»ni tark etmaydi — Romano
Mashhur insayder Fabritsio Romano «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Rashford haqida tarqalgan yangi mish-mishlarga munosabat bildirdi.
Ma’lumki, 28 yoshli futbolchi joriy mavsumda «Barselona» safida ijarada o‘ynamoqda va uning katalon klubini tark etishi haqidagi xabarlar ko‘paymoqda.
«“Barsа” hozircha hech qanday qaror qabul qilmaydi, ular shoshilmaydi. Bu dekabr yoki yanvar mavzusi emas. Mavsum oxiriga borib, klub Rashford borasida texnik va moliyaviy nuqtai nazardan qanday yo‘l tutishini hal qiladi.
“Barselona” Rashforddan ham, Hansi Flikdan ham juda mamnun, kayfiyat a’lo darajada. Hozircha hech narsa hal qilingani yo‘q, klub na Rashfordga, na “Yunayted”ga biror xabar bergan», — dedi Romano o‘zining YouTube-kanalida.
Rashford joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 9 ta golli uzatma qayd etdi.