locale OZ

Reshford “Barselona”ga o'tish uchun maoshini kamaytirishga tayyor - Sport.es

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Reshford “Barselona”ga o'tish uchun maoshini kamaytirishga tayyor - Sport.es
FOTO: Getty Images

“Manchester Yunayted” vingeri Markus Reshford “Barselona”ga o'tish uchun maoshini kamaytirishga tayyor. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 27 yoshli futbolchi “Barsa”da ro'yxatdan o'tishni osonlashtirish maqsadida shunday qarorga kelgan.

Avvalroq, mankunianliklar Reshfordni 45 million yevroga qo'yib yuborishga tayyorligi haqida xabar berilgandi. Angliyalik futbolchi o'tgan mavsumning ikkinchi yarminu “Aston Villa”da ijarada o'tkazdi.

Ma'lumot uchun, Reshford o'tgan mavsum APL'da jami 26 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting