locale OZ

\"Real\"ning yana bir erasi tugadimi?

Futbol
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
"Real"ning yana bir erasi tugadimi?
Photo: gettyimages

“Real”ning yana bir erasi tugadimi? “Madrid” ko'pchilikning bashoratini amalga oshira olmasdan, birinchi o'yin natijasini o'zgartira olmadi, kamiga ikkinchi o'yinda ham zarba qabul qilib oldi. Chempionlar ligasidagi “Arsenal”dan uchralgan mag'lubiyat Karlo Anchelotti bilan shirin munosabatlarni yakuniga yetkazishi mumkin.

Uchrashuvdan keyin italiyalik mutahassis kelajagi borasidagi savolga qisqa va lo'nda javob berdi:

“Kelajak?, bilmayman va bilishni ham xohlamayman”

Murabbiy kelajagi haqida nima deyish mumkin? Uch karra chempionlar ligasini va ikki karra klublar o'rtasidagi jahon chempionatini yutgan Karlo doda yozgacha klub skamekasida o'tirishi mumkin va Amerikadagi turnirda qatnashishi ehtimoli ham yo'q emas. Ikki chempionlik, uch marta yevropa superkubogi, ikki marta kopa del rey, ikki marta Ispaniya super kubogi va xalqaro kuboklar? Shunchaki, hamma hammasi uchun rahmat.

Endi keyingi sahifani ochish, jamoani qayta qurish, g'alabalarga tayyorlash vaqti keldi. Kim bilan deysizmi, balki Xabi Alonso bilandir? Bunisini endi vaqt ko'rsatadi.

Karlo Anchelotti yana ikki sovrin yutib olish imkoniyatiga ega bo'lishi mumkin. Birinchisi, Ispaniya kubogi finalida “Barselona”ni mag'lub qilish orqali kelsa, ikkinchisi La ligada chempion bo'lish (turnir jadvalida "ko'kanorrangliklar"dan ortda bormoqda). Ko'rib turibsizki, har ikkisida ham kataloniyaliklar bilan jang qilishiga to'g'ri keladi. Ana shundagina “qariya” Karlo doda faoliyatini chiroyli yakunlashi mumkin bo'ladi.

Voqealar rivoji qanday tus olishini kuzatamiz, balki hammasi tezda sodir bo'lar, balki bunday bo'lmas. Hammasini vaqt ko'rsatadi

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting