«Real»ning sobiq futbolchisi og‘ir dardga chalindi
Hozirda u shifoxonaga yotqizilgan.
FOTO: Getty Images
«Real», «Feyenoord» va Niderlandiya milliy jamoasi sobiq futbolchisi Royston Drente insultga chalindi. Bu haqda uning joriy klubi «De Rebellen» ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.
Manbaga koʻra, 38 yoshli futbolchi oʻzini yomon his qilganidan soʻng shifoxonaga yotqizilgan. Drentening sogʻligʻi boʻyicha jiddiy tashvishlar mavjud.
Futbolchining oilasi muxlislardan osoyishtalikni saqlashni, uning shaxsiy hayotiga hurmat bilan yondashishni soʻrab, Roystonga tinch sharoitda tiklanish uchun zarur boʻlgan yordamni koʻrsatmoqchi ekanini bildirdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist