locale OZ

«Real»ning ispan oʻzagi jamoa yulduzlarini maqtayotgan Arbeloadan norozi — El Mundo

Klub ichida ichki nizolar bor.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real»ning ispan oʻzagi jamoa yulduzlarini maqtayotgan Arbeloadan norozi — El Mundo
ФОТО: Getty images

Madridning “Real” klubi futbolchilarining bir qismi bosh murabbiy Alvaro Arbeloaning yondashuvidan norozi, ularning fikricha, u yoshlar akademiyasi oʻyinchilari va jamoaning ispan oʻzagiga eʼtiborsizlik qilib, “qaymoqranglilar”ning taniqli yulduzlarini haddan tashqari faol maqtaydi. Bu haqda El Mundo xabar bermoqda.

Manba maʼlumotlariga koʻra, “Real”ning ushbu futbolchilari qatoriga Daniel Karvaxal, Raul Asensio, Daniel Sebalyos, Din Hеysen, Alvaro Karreras, Fran Garsiya va Gonsalo Garsiya Torres kiradi. Ulardan baʼzilari “qaymoqranglilar” kiyinish xonasida asosiy rol oʻynagan, biroq Nacho, Xoselu va Lukas Vaskes ketganidan keyin soʻnggi ikki yil ichida oʻz mavqeini yoʻqotdi.

Oʻyinchilarning taʼkidlashicha, Arbeloa “Real”ning yulduz futbolchilariga ijobiy munosabatda boʻlishiga qaramay, bir necha kunga chetlatilgan Asensio masalasida qatʼiy turib olgan. Shuningdek, murabbiyning Sebalyos bilan ham ziddiyati kelib chiqqan. Taʼkidlanishicha, Arbeloa Karrerasni “yomon xulqi” tufayli bir necha bor asosiy tarkibdan chetlatgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting