locale OZ

“Real”ning asosiy himoyachisi Chempionlar Ligasidan chetlashtirilishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real”ning asosiy himoyachisi Chempionlar Ligasidan chetlashtirilishi mumkin
FOTO: Marca / Diego Souto

UEFA tartib-intizom qo'mitasi 4-aprel, juma kuni Antonio Ryudiger, Kilian Mbappe, Dani Seballos va Vinisius Junior ishi bo'yicha qaror qabul qiladi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, tashkilot futbolchilarning Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichi javob o'yinida “Atletiko”ga qarshi bahsdagi (0:1) noo'rin xatti-harakatlarini o'rganib chiqmoqda.

Manbaga ko'ra, Mbappe, Seballos va Vinisius jarima yoki bir o'yinga diskvalifikatsiya bilan cheklanishi mumkin. Biroq, Ryudiger “tahdidli imo-ishoralar” qilgani uchun “Arsenal”ga qarshi chorak final o'yinidan chetlashtirilishi mumkin.

Shuningdek, germaniyalik himoyachiga nisbatan jarima va shartli diskvalifikatsiya ham qo'llanilishi mumkin.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting