locale OZ

“Real”ni bir qator futbolchilari Xabi Alonso jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanishidan xavotir olmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real”ni bir qator futbolchilari Xabi Alonso jamoaga bosh murabbiy etib tayinlanishidan xavotir olmoqda
FOTO: Getty Images

“Real Madrid”ning bir qancha futbolchilari Xabi Alonsoning bosh murabbiy etib tayinlanishidan xavotirda. Bu haqda Footmercato nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, futbolchilar jamoaning 3-4-3 yoki 3-4-2-1 taktik sxemasi bo'yicha o'ynay olishlariga ishonchi komil emas. Qayd etilishicha, “Real” to'rt nafar himoyachi bilan o'ynashga o'rganib qolgan.

Qolaversa, Alonsoning klubga kelishi bilan Luka Modrichning jamoani tark etishi bir qator futbolchilarga yoqmagan. 43 yoshli mutaxassis jamoa faxriylari bilan xayrlashishga tayyor ekani futbolchilarni hayratda qoldirgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting