locale OZ

«Real»ga Gvardiolning xizmatlari taklif qilindi

Ammo “qaymoqranglilar” va “shaharliklar” o‘rtasida transfer bo‘yicha rasmiy muzokaralar olib borilmayapti.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Real»ga Gvardiolning xizmatlari taklif qilindi
ФОТО: Getty images

“Real Madrid”ga “Manchester Siti” himoyachisi Yoshko Gvardiol nomzodi taklif qilindi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, ayni paytda “qaymoqranglilar” va “shaharliklar” o‘rtasida transfer bo‘yicha rasmiy muzokaralar olib borilmayapti.

Biroq futbolchining agentlari uning Madrid klubiga o‘tish ehtimolini o‘rganmoqda. “Real” esa himoya chizig‘ini kuchaytirishni ustuvor vazifalardan biri sifatida ko‘rmoqda.

Shuningdek, madridliklarga “Manchester Siti” yarim himoyachisi va sardori Bernardo Silva nomzodi ham taklif etilgan. Portugaliyalik futbolchi yozda erkin agent sifatida jamoani tark etishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, Bernardo Silva faoliyatini “Barselona”da davom ettirish variantini rad etgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting