locale OZ

“Real”dan ketishi aniq bo'lgan uch nafar futbolchi nomi ma'lum bo'ldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real”dan ketishi aniq bo'lgan uch nafar futbolchi nomi ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images

Joriy mavsum so'nggida Madridning “Real” klubini birdaniga bir nechta futbolchi tark etishi mumkin. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, ketadiganlar ro'yxatining birinchi qatoridan Lukas Vaskes o'rin olgan. “Liverpul” himoyachisi Trent Aleksandr-Arnoldning ehtimoliy transferidan so'ng Vaskesga jamoada joy qolmaydi.

Shuningdek, himoyachi David Alaba va yarim himoyachi Luka Modrich ham “Qirollik klubi”ni tark etishi mumkin.

Ma'lumot uchun, “Real” La Liga doirasidagi o'zining navbatdagi o'yinini ertaga, 13-aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:15 da “Alaves”ga qarshi o'tkazadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting