“Real” yulduzi Xabi Alonso sabab jamoani tark etmoqchi
Futbol
21 iyn 2025
da
07:03

Nasrullo Karimov
Журналист

FOTO: Getty Images
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos jamoa bosh murabbiyi Xabi Alonsoning unga bo'lgan munosabatidan hafsalasi pir bo'lgan va ispan grandi bilan xayrlashishi mumkin. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, futbolchi jamoaga kelgan birinchi kundanoq Alonso bilan birga ishlagan bo'lsa-da, Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati doirasidagi “Al-Hilol”ga qarshi o'yinda zaxirada qolganidan norozi bo'lgan.
Ma'lumot uchun, Sebalos o'tgan mavsum barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golga assistentlik qilgan. Uning Madrid klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Mashhur yangiliklar

Futbol
Bugun da 15:36

Futbol
Bugun da 13:31

Futbol
Bugun da 09:57
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting