locale OZ

“Real” yulduzi operatsiyadan so'ng oktyabrgacha maydonga tusha olmaydi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Real” yulduzi operatsiyadan so'ng oktyabrgacha maydonga tusha olmaydi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi hujumkor yarim himoyachisi Jud Bellingem Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatidan so'ng o'tkazilishi kerak bo'lgan yelkasidagi jarrohlik amaliyoti tufayli 9-10 ta o'yinni o'tkazib yuboradi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 21 yoshli futbolchi uch oylik reabilitatsiya jarayonidan o'tadi va oktyabrgacha maydonga tusha olmaydi. Bundan tashqari, angliyalik yarim himoyachi ikkita xalqaro tanaffusni ham o'tkazib yuboradi: 1-9-sentyabr va 6-14-oktyabr.

Qayd etilishicha, Bellingem o'z tatilini yelkasini operatsiya qilish uchun qurbon qiladi.

Ma'lumot uchun, Bellingem joriy mavsum barcha turnirlarda 55 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 180 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting