locale OZ

\"Real\" yulduzi endi jamoada o‘ynashni istamayapti – o‘rnidan norozi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

Ispaniyaning Marca nashri xabar berishicha, "Real Madrid" vingeri Rodrigo jamoani tark etmoqchi. Manbalarga ko‘ra, 24 yoshli braziliyalik futbolchi Kylian Mbappe va Jude Bellingham soyasida qolib ketayotganidan norozi. Bu holat hatto uning vatandoshi Vinisius Junior bilan munosabatlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, klub ham uni sotishga qarshi emas, chunki rahbariyat Rodrigoga bog‘liq doimiy muammolardan charchagan.

2024/25 yilgi mavsumda Rodrigo "Real" safida 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 10 ta golli pas muallifi bo‘lgan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 100 million yevroga baholagan.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting